Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 27-oktabr
Iqbola ilovasi (keyingi oʻrinlarda — «biz») oilangiz va farzandingiz maʼlumotlarini himoya qilishni jiddiy qabul qiladi. Ushbu siyosat qanday maʼlumot toʻplashimizni, nima maqsadda ishlatishimizni, kimga uzatishimizni va sizning huquqlaringizni tushuntiradi.
1. Biz toʻplaydigan maʼlumotlar
- Profil maʼlumotlari: ism, sinf, maktab, telefon raqami, email, profil rasmi.
- Telefon orqali kirish: ota-onaning telefon raqami va bir martalik tasdiqlash kodi. Kod faqat kirish uchun ishlatiladi.
- Akademik maʼlumotlar: baholar, davomat, vazifalar, test natijalari, ovqat menyusi.
- Ovqatlanish: ota-ona kiritgan bolaning allergiyalari — faqat maktab oshxonasi uchun.
- Chat: xabarlar, rasm, video, ovozli xabar va fayllar — maktab ishtirokchilari bilan muloqot uchun.
- AI xizmatlaridagi yozishmalar: AI yordamchi, AI kurator va «Gaplashamizmi?» (AI suhbat) orqali yuborilgan savollar va javoblar.
- Texnik maʼlumotlar: qurilma turi, OS, ilova versiyasi, IP-manzil, brauzer maʼlumoti (user-agent), oxirgi faollik vaqti, push-bildirishnomalar uchun qurilma tokeni.
- Biometrik maʼlumotlar: davomat uchun yuzni aniqlash shabloni — faqat ota-onaning aniq roziligi bilan toʻplanadi va faqat davomatni belgilash uchun ishlatiladi.
- Turniket vaqtlari: bolaning turniketdan kirish-chiqish vaqtlari — «Xavfsizlik» funksiyasi uchun.
2. Maʼlumotlardan foydalanish maqsadlari
- Maktab xizmatlarini koʻrsatish (jurnal, davomat, vazifalar, ovqatlanish).
- Akkauntga kirish va uni himoya qilish.
- Ota-ona, oʻquvchi va maktab oʻrtasidagi aloqani taʼminlash.
- Bildirishnomalar yuborish.
- Texnik nosozliklarni aniqlash va xavfsizlikni taʼminlash.
- Qonun talab qilgan hollarda — vakolatli organlarga taqdim etish.
3. Maʼlumotlarni uchinchi tomonlarga uzatish
Biz maʼlumotlaringizni uchinchi tomonlarga sotmaymiz va reklama maqsadida ishlatmaymiz. Ayrim xizmatlar bilan ishlash uchun maʼlumotlar quyidagi pudratchilarga uzatiladi:
- SMS orqali kirish — Eskiz (Oʻzbekiston). Kirish kodini yuborish uchun telefon raqami va kod matni Eskiz xizmatiga uzatiladi.
- Sunʼiy intellekt xizmatlari — OpenRouter, Inc. (AQSh) va u orqali tanlangan model provayderlari, faqat javobni yaratish uchun:
– AI yordamchi (xodimlar va ota-onalar uchun), AI kurator va AI portret soʻrov matnini va javob uchun zarur boʻlgan oʻquv maʼlumotlarini (baholar, davomat, uy vazifalari, xulq-atvor yozuvlari) uzatadi; – «Gaplashamizmi?» (AI suhbat) ota-ona yozgan mavzuni, bolaning yoshi, sinfi, tili, qiziqishlari, dars mavzusi va darslikdan parchani faqat savollar tuzish uchun uzatadi. Bolaning ismi, maktabi, baholari va davomati yuborilmaydi. – Maktab oʻz API-kalitini ulagan boʻlsa, uzatish shu kalit orqali amalga oshadi. Provayderning shartlari: openrouter.ai/privacy.
- Push-bildirishnomalar — qurilma tokeni Expo Push Service (Expo, AQSh), Firebase Cloud Messaging (Google) va Apple Push Notification service (Apple) orqali.
- Sentry — serverdagi texnik xatoliklarni qayd etish uchun.
4. Maʼlumotlarni saqlash muddati
- Akademik maʼlumotlar — oʻquv yili davomida + 5 yil arxivda.
- Bir martalik kirish kodi — 5 daqiqa amal qiladi, bir sutka ichida oʻchiriladi.
- Kirish seanslari (qurilma, IP-manzil) — oxirgi faollikdan keyin 90 kun.
- Xavfsizlik jurnallari — 365 kun.
- Chat va AI xizmatlaridagi yozishmalar, profil maʼlumotlari — akkaunt aktiv boʻlguncha. «Gaplashamizmi?» tarixini ota-ona ilovada istalgan vaqtda tozalashi mumkin.
5. Bola maʼlumotlari
Oʻquvchining yoshi 16 dan kichik boʻlsa, akkauntni boshqarish va asosiy roziliklarni berish faqat ota-ona roli orqali amalga oshiriladi.
6. Sizning huquqlaringiz
Siz quyidagilarni soʻrash huquqiga egasiz:
- Maʼlumotlaringiz nusxasini olish.
- Notoʻgʻri maʼlumotlarni tuzatish.
- Akkauntni va maʼlumotlarni oʻchirish (qonun ruxsat bergan hollarda).
- Marketing xabarlaridan voz kechish.
Akkauntni oʻchirish: maktab maʼmuriyatiga murojaat qiling yoki support@iqbola.uz manziliga yozing. Tartib: https://iqbola.uz/legal/data-deletion
7. Bogʻlanish
Savollar boʻyicha murojaat qiling: support@iqbola.uz Maʼlumotlar himoyasi boʻyicha masʼul shaxs: support@iqbola.uz